Dushanba, 08 Sentabr 2025

Hurmatli abonentlar!

Hurmatli abonentlar!

Bugungi kunda internet hamma joyda va har doim – ish, o‘qish, dam olish uchun kerak. Zamonaviy xizmatlardan qulay foydalanish uchun tobora ko‘proq foydalanuvchilar 100 Mbit/s dan yuqori tezlikdagi tariflarni tanlamoqdalar.
Aynan shuning uchun kompaniyamiz o‘z sa’y-harakatlarini sifatli xizmatlar va yuqori tezlikdagi tarif rejalarini taqdim etishga qaratishga qaror qildi.
Shu munosabat bilan, 2025 yil 1-oktyabrdan boshlab eski tarif rejalarining bir qismi («Стандарт», «Оранжевый», «Престиж», «Особый», «Позитив», «VIP 0» va «VIP 1» tarif rejalari) yopiladi. Eskirgan tariflardan foydalanishda davom etayotgan abonentlar avtomatik ravishda «SUPER» tarif rejalarining narx va shartlar bo‘yicha eng yaqin tarif rejasiga o‘tkaziladi. O‘tkazma tarif rejangiz faollashtirilgan kunda amalga oshiriladi.

Agar boshqa tarifni mustaqil tanlamoqchi bo‘lsangiz, buni quyidagicha amalga oshirishingiz mumkin:

– shaxsiy kabinetda;
– eng yaqin abonentlar bo‘limida (tel.: +998 71 202-55-22, +998 71 251-33-56, +998 71 202-74-22);
– texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib (tel.: +998 71 202-96-66).