Kompaniya yangiliklari va tadbirlari

10 Iyul 2026
Hurmatli abonentlar!

Avariaviy ishlar tufayli hozirda Sergeli-1 mavzesida Internet xizmatining uzilishi kuzatilmoqda. Xizmat avariya-tiklash ishlari tugatilgach taqdim etiladi. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

12 Iyun 2026
Hurmatli abonentlar!

Ayni paytda Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab magistral optik tolali aloqa liniyalarining rejadan tashqari ko‘chirilishi munosabati bilan «Sergeli Residence» TJM va «Ness City» TJVlarda Internet xizmati ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda tiklash ishlari olib borilmoqda. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

26 May 2026
Hurmatli abonentlar, dam olish kunini maroqli o‘tkazishingizni tilab, ofislarimiz ish vaqtini eslatib o‘tamiz.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 27 va 28-may kunlari «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari ishlamaydi. Sergeli-8a ofisi bayram kunlari odatdagidek ishlaydi (09:00 dan 20:00 gacha, tanaffus vaqti 14:00 dan 15:00 gacha). Shu munosabat bilan bayram kunlari aloqada qolish uchun shaxsiy hisobingiz haqida oldindan g‘amxo‘rlik qilishingizni so‘raymiz. Biz yaqinmiz!

08 May 2026
9-may – xotira va qadrlash kuni

O‘tmishni shukronalik bilan eslaymiz, bugungi kunni qadrlaymiz va yaqinlarimizni asraymiz. Qahramonlarning jasoratini eslar ekanmiz, tarix barhayot, shukronalik barhayot, farzandlarimiz va yaqinlarimiz uchun tinch kelajakka umid bor.

08 May 2026
Hurmatli abonentlar, dam olish kunini maroqli o‘tkazishingizni tilab, ofislarimiz ish vaqtini eslatib o‘tamiz.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 9 va 10-may kunlari «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari ishlamaydi. 2026-yil 11-may kuni «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari soat 15:00 gacha ishlaydi. Sergeli-8a ofisi bayram kunlari odatdagidek ishlaydi (09:00 dan 20:00 gacha, tanaffus vaqti 14:00 dan 15:00 gacha). Shu munosabat bilan bayram kunlari aloqada qolish uchun shaxsiy hisobingiz […]

09 Aprel 2026
Tarif rejalaridagi o‘zgarishlar

Bugungi kunda internet shunchaki qulaylik emas, balki ishlash, o‘qish va dam olish uchun zaruriyatdir. Zamonaviy raqamli xizmatlar yuqori tezlikni talab qiladi, shuning uchun tobora ko‘proq foydalanuvchilar internetdan tez, barqaror va cheklovlarsiz foydalanish uchun 100 Mbit/s dan boshlab tariflarni tanlamoqda. Biz siz eng yaxshi xizmatdan foydalanishingiz uchun doimiy ravishda rivojlanmoqdamiz, shuning uchun kompaniyamiz tariflar qatorini yangilab, […]

18 Mart 2026
Hurmatli abonentlar, dam olish kunini maroqli o‘tkazishingizni tilab, ofislarimiz ish vaqtini eslatib o‘tamiz.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 20-mart kuni «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari soat 15:00 gacha ishlaydi. 2026-yil 21 va 22-mart kunlari «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari ishlamaydi. Sergeli-8a ofisi bayram kunlari odatdagidek ishlaydi (09:00 dan 20:00 gacha, tanaffus vaqti 14:00 dan 15:00 gacha). Shu munosabat bilan bayram kunlari aloqada qolish uchun shaxsiy hisobingiz […]

11 Mart 2026
Hurmatli abonentlar!

2026-yil 12-mart kuni soat 03:00 dan 09:00 gacha signal manbaida rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim telekanallarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.