Kompaniya yangiliklari va tadbirlari
Yuqori turuvchi provayderda rejaviy ishlar olib borilishi munosabati bilan, 2025-yil 3-dekabr kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha qisman Internet xizmatlari ko‘rsatilishda sifat yomonlashishi va uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab «SUPER» va «GT» tarif rejalari yangi va mavjud abonentlarni ulash uchun yopiladi. Eski tarif rejasini «TOP» yangi tarif rejalariga shaxsiy kabinetda almashtirish mumkin yoki: – eng yaqin abonentlar bo‘limida (tel.: +998 71 202-55-22, +998 71 251-33-56, +998 71 202-74-22); – texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib (tel.: +998 71 202-96-66).
Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab magistral optik tolali aloqa liniyalarining rejadan tashqari ko‘chirilishi munosabati bilan 2025-yil 15-oktyabr kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha Yakkasaroy tumanida Internet va Kabel TV xizmatlari ko‘rsatilishida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston Kabel Televideniyasi» MChJ tarmog‘ida profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 15-oktyabr kuni soat 01:00 dan 19:00 gacha ayrim telekanallarda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirib chiqarilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin! Siz bilim ulashasiz, yangi kashfiyotlarga ilhomlantirasiz va kelajakka yo‘l ochasiz. Biz aloqa provayderi sifatida dunyo bilan «onlayn» bo‘lish qanchalik muhimligini bilamiz va aynan siz avlodni ilm-fan, madaniyat va taraqqiyot bilan aloqada bo‘lishga o‘rgatasiz. Sabr-toqatingiz, donoligingiz va samimiy qalbingiz uchun tashakkur!
2025-yil 1-oktyabr kuni «Gals Telecom» MChJ Sergeli-2 va Qo‘yliq-5 ofislari ishlamaydi. Sergeli-8a ofisi bayram kuni odatdagidek ishlaydi (09:00 dan 20:00 gacha, tanaffus vaqti 14:00 dan 15:00 gacha). Shu munosabat bilan bayram kunlari aloqada qolish uchun shaxsiy hisobingiz haqida oldindan g‘amxo‘rlik qilishingizni so‘raymiz. Biz yaqinmiz!
Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab magistral optik tolali aloqa liniyalarining rejadan tashqari ko‘chirilishi munosabati bilan 2025 yil 30-sentyabr kuni soat 00:00 dan 03:00 gacha Internet va Kabel TV xizmatlari ko‘rsatilishida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, texnik yordam xizmati va abonent bo‘limlarining telefon raqamlari ishlamaydi, shu munosabat bilan (33) 2029666 avariya raqami vaqtincha faol bo‘ladi. «Gals Telecom» MCHJ […]
Bugungi kunda internet hamma joyda va har doim – ish, o‘qish, dam olish uchun kerak. Zamonaviy xizmatlardan qulay foydalanish uchun tobora ko‘proq foydalanuvchilar 100 Mbit/s dan yuqori tezlikdagi tariflarni tanlamoqdalar. Aynan shuning uchun kompaniyamiz o‘z sa’y-harakatlarini sifatli xizmatlar va yuqori tezlikdagi tarif rejalarini taqdim etishga qaratishga qaror qildi. Shu munosabat bilan, 2025 yil 1-oktyabrdan boshlab […]